КРЕДИТНОЕ БЮРО «КРЕДИТНО-ИНФОРМАЦИОННЫЙ АНАЛИТИЧЕСКИЙ ЦЕНТР
«КРЕДИТНОЕ БЮРО «КРЕДИТНО-ИНФОРМАЦИОННЫЙ АНАЛИТИЧЕСКИЙ ЦЕНТР»    

Новости




2019 yil 16 apreldan kredit axboroti almashinuvi bo‘yicha yangi xizmat turi joriy qilindi hamda kredit axboroti sub’ektlariga, xususan fuqarolarga xizmat xaqi 4 barobarga tushirildi

   “Kredit-axborot tahliliy markazi” Kredit byurosi 2019 yil 16 apreldan kredit axboroti almashinuvi bo‘yicha yangi xizmat turini joriy qildi.


   Xususan, kredit axborotidan foydalanuvchilarga yanada qulayliklar yaratish, shuningdek, ularga bir joyning o‘zida xizmatlardan foydalanish imkonini yaratish maqsadida mikrokredit, lombard, lizing va boshqa nobank tashkilotlarning “Kredit axboroti almashinuvini avtomatlashtirilgan tizimi” (ASOKI)ga  Markaziy bank Axborotlashtirish Bosh markazining Banklararo aloqa tarmog‘i (BTS) va “Lotus” dasturi orqali ulanishini hamda foydalanishini Kredit byuro orqali amalga oshirilishi yo‘lga qo‘yildi.  


  Shuningdek, Kredit byuro tomonidan kredit axboroti sub’ektlariga, xususan fuqarolarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida, ularga o‘zlari haqidagi kredit hisobotlarini (Agar bir yil mobaynida qo‘shimcha murojaat qilinganda) taqdim etish xizmat xaqi  4 barobarga (eng kam oylik ish xaqining 0,20 barobaridan 0,05 barobarigacha) tushirildi.










  • 19.04.2019
  • 22